Turkiy davlatlar farmakopeyasi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

19.03.2025 81

Turkiy davlatlar farmakopeyasi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) ning “Turkiy davlatlar farmakopeyasi” bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilotga a’zo davlatlar — Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistondan vakillar, shuningdek, soha mutaxassislari hamda tegishli idora va tashkilotlarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Anjumanda qayd etilganidek, Turkiy davlatlar o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va xalqaro standartlarga mos keluvchi umumiy farmakopeyani shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan bunday uchrashuvlar sohada muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda mamlakatimiz nomidan so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi bosh muharriri, f.f.d., professor Xabibulla Jalilov kun tartibidagi har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb muammolar, mavjud tajribalarni umumlashtirish va standartlashtirish yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, farmakopeya sohasida yagona yondashuv va standartlarni ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro tajriba almashish yuzasidan kelgusidagi rejalarni belgilab oldi